So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Xitoy kompaniyasining direktorlar kengashi raisi janob Yue Xefu janoblari Piskent tumanida

Xitoy kompaniyasining direktorlar kengashi raisi janob Yue Xefu janoblari Piskent tumanida
21.09.2019
Shuhrat Ahmedov xitoylik investorlar bilan uchrashdi – Piskentda elektron texnika vositalarini ishlab chiqaradigan yirik texnopark qurilishi mumkin
Uchrashuvda tumanning investitsion salohiyati, bu yerda yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami haqida so‘z bordi.
O‘z navbatida, nufuzli Xitoy kompaniyasining direktorlar kengashi raisi janob Yue Xefu janoblari istiqboldagi biznes loyihalar haqida so‘zlab berdi.
Shundan so‘ng, xitoylik tadbirkorlar loyiha istiqboli uchun zarur yer maydonini borib ko‘rishdi. Tuman hokimligi tomonidan ularga transport va infostruktura nisbatan yaxshi rivojlangan 3 ta hududdan yer maydoni ko‘rsatildi. Mazkur loyiha amalga oshsa, kelgusida qariyb 2 mingta yangi o‘rni yaratiladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, 150 million dollar qiymatidagi bu investitsion dastur orqali Piskentda elektron texnika ishlab chiqariladigan yirik quvvat faoliyat ko‘rsata boshlaydi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 802