So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi

Xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi
28.10.2019
Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.
Xususan, xorijlik investorlar bilan qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, tibbiyot, logistika kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning “Dongil construction” kompaniyasi o‘rtasida loyiha qiymati 400 million dollarni tashkil etuvchi zamonaviy ko‘p tarmoqli shaharcha barpo etish, Xitoyning “Phoenix international wisdom technology investmen” kompaniyasi bilan Nurafshon shahar hokimligi o‘rtasida loyiha qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi mamlakatimizdagi ilk aqlli shahar - “Smart Sity” qurilishi loyihasi doirasida muhim kelishuvlarga erishildi.
Forum doirasida shuningdek, Eron, Filippin, Turkiya, Germaniya, Rossiya kabi qator davlatlardan kelgan investorlar bilan qator yo‘nalishlarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilib, kelishuvga doir hujjatlar imzolandi.
Xalqaro investitsion forum bugun – 26 oktabr kuni o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, forum ishtirokchilari bugun viloyat hududidagi yirik korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va investitsion salohiyati bilan tanishadi.
Shuningdek, xorijlik mehmonlarning viloyatdagi turistik markazlar, ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarga tashriflari amalga oshiriladi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 899