So'rovnoma
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar
Viloyatda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yana bir zavod ochiladi

Viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov «Alpha One Pharmaceuiticals» farmasyevtika kompaniyasining moliya direktori Tadjamal Rashid va ishlab chiqarish loyihalari departamenti rahbari Venu Madxav bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyat hududida dori vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, «Alpha One Pharmaceuticals» Dubay shahrida joylashgan yuqumli va yallig‘lanish kasalliklari uchun yangi dori-darmonlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi.
Zavod O‘zbekiston dori-darmon bozorida yangi farmasyevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirilmoqda.
Tomonlar ushbu loyihani «Bo‘stonliq Farm» erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Manba: Toshkent viloyati hokimligining Axborot xizmati
-
-
935