So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

ToshDAU va uning filiallari qoshida «Agrar sektorda tadbirkorlikka ko‘maklashish O‘zbekiston-Germaniya markazi» tashkil etiladi

ToshDAU va uning filiallari qoshida «Agrar sektorda tadbirkorlikka ko‘maklashish O‘zbekiston-Germaniya markazi» tashkil etiladi
12.10.2019
Toshkent davlat agrar universitetiga Germaniya Federativ Respublikasining «ILE – Internationale L?ndliche Entwicklung» tashkiloti vakili Olga Luft xonim agrar sektorda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi Xalqaro markaz tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihani amalga oshirishning tashkiliy masalalarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi.
Muzokaralar so‘ngida Germaniya oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar va tadbirkorlarni o‘quv jarayoniga jalb etish, O‘zbekiston va Germaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Qo‘shma ta’lim fakulteti ochish, urug‘chilik sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, talabalar va ilmiy izlanuvchilarni ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotga yuborish masalalari yuzasidan bitim imzolandi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 822