So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Ohangaronda sement zavodinining ikkinchi bosqichi ishga tushishi kutilmoqda

Ohangaronda sement zavodinining ikkinchi bosqichi ishga tushishi kutilmoqda
07.03.2020
Viloyat hokimi Rustam Xolmatov va  uning investisiyalar masalalari buyicha o‘rinbosari Jamshid Abdusalamov “Eurocement group” xolding kompaniyasi katta ijrochi visye-Prezidenti Mixail Skoroxod, “Axangaransyement” AJ bosh direktori Gennadiy Kulikov hamda bayonnoma va aloqa rahbari Dmitriy Sapronov bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida Ohangaron shahrida sement zavodining ikkinchi bosqichini qurish masalalari muhokama qilindi. Yangi sement ishlab chiqarish fabrikasini tabiiy gaz va elektr tarmoqlari bilan ta’minlash borasida fikr almashildi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda “Axangaransyement”  AJda 1200 kishi mehnat qiladi. Yangi loyihaning ishga tushirilishi bilan yana qo‘shimcha 250 ta ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 5 million tonna sementga yetadi. 

Sement zavodining ikkinchi bosqichining ochilishi joriy yilning uchinchi choragida rejalashtirilgan.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati

  • 930