So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Ohangaron tumanida yangi zavod quriladi

22.10.2019
2019 yilning 22 oktabr kuni Xitoyning “TOSHKENT CONCH CEMENT” MChJ xorijiy korxonasi bilan Ohangaron tuman hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.
Memorandumning asosiy mazmuni Ohangaron tumani “Qiziloy” MFY hududida yiliga 2,2 mln. tonna sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodni qurishga qaratilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 200 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyiha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari evaziga amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Loyiha ishga tushishi natijasida 350 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 833