So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

O‘zbekiston kompaniyasi Tojikistonda zavod quradi

10.01.2020
Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Progress biznes indastr” kompaniyasi Tojikiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Mazkur korxona qo‘shni mamlakatning So‘g‘d viloyatida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish bo‘yicha harakatlarni boshlab yubordi.
Ushbu masala kompaniya rahbari Shuhrat Toshev va So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi. Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi muxbirining fikricha, yangi zavod qurilishiga har ikki tomon katta qiziqish bildirgan.
“Progress biznes indastr” kompaniyasi hozirgi paytda o‘z mahsulotlarini ichki bozorga chiqarish bilan birga Afg‘oniston va Qirg‘izistonga ham eksport qilmoqda.


Manba: O‘zA

  • 902