So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Janubiy Koreyaning "Kostan Co LTD" kompaniyasi rahbari janob Lim Yun So o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

20.11.2019
Piskent tuman hokimi Shuhrat Ahmedov va Janubiy Koreyaning "Kostan Co LTD" kompaniyasi rahbari janob Lim Yun So o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tumanda industriya komplekslari, qurilish va ishlab chiqarish korxonalari barpo etish, turizmni rivojlantirish singari istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mazkur kompaniyaga Piskent hududidan 150 gektar yer maydoni hamda zamonaviy gidroponika issiqxonalari qurilishi uchun 40 gektar maydon taklif etildi. Ushbu maqsadda Janubiy Koreya investorlari tomonidan 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan.
Ushbu memorandum "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" doirasida Piskent tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlarning uzviy davomidir. Tuman hokimining tadbirkor va ishbilarmonlar, kichik biznes vakillariga yo‘llagan murojaati esa soha rivojida yana bir muhim bosqich bo‘ldi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 928