So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Janubiy Koreya Respublikasining Chungnam universiteti professori Xyun-Uk An Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi

Janubiy Koreya Respublikasining Chungnam  universiteti professori Xyun-Uk An Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi
24.09.2019
Janubiy Koreya Respublikasining Chungnam universiteti Qishloq xo‘jaligi fakulteti professori Xyun-Uk An boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdilar.
Delegatsiya a’zolari “Agrobiologiya“, "Ipakchilik va tutchilik" hamda "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” fakulteti o‘quv laboratoriyalari, amaliyot darslari bilan yaqindan tanishib, universitetda hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi sanoati sohasi talablariga to‘liq javob beruvchi asbob-uskunalar va ilmiy materiallar haqida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan fikr almashishdi.
Tashkil etilgan tanishtiruv tur mobaynida qir, adir va suv tanqisligi bo‘lgan zonalarda meva ko‘chatlari va daraxtlari sug‘orilishining Yaponiya texnologiyalarini andoza sifatida qo‘llagan holda amalga oshirilayotgan innovatsion usullar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 804