So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

"Invest in Tashkent Region" xalqaro investitsion forumida muhim kelishuvlarga erishildi

"Invest in Tashkent Region" xalqaro investitsion forumida muhim kelishuvlarga erishildi
25.10.2019
Xalqaro forum doirasida xorijlik investorlar bilan qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, tibbiyot kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Layner" dam olish maskanida xorijlik hamkorlar bilan erishilgan kelishuvlar yuzasidan dastlabki hujjatlar imzolandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xorijlik investorlar bilan qiymati 700 million dollarni tashkil etuvchi 15 ga yaqin yirik loyihalar bo‘yicha hujjat imzolandi.
Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning "Dongil construction" kompaniyasi o‘rtasida loyiha qiymati 400 million dollarni tashkil etuvchi zamonaviy ko‘p tarmoqli shaharcha barpo etishga kelishildi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 802