So'rovnoma
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga 8 mlrd dollar investisiya kiritishni rejalashtirgan Turkiyaning Ronesans Holding kompaniyasi delegasiyasini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-mart, dushanba kuni, Turkiyaning yetakchi injiniring va qurilish kompaniyasi hisoblanadigan Ronesans Holding prezidenti Erman Ilijak boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Bugungi kunda Ronesans Holding kompaniyasi O‘zbekistonda umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Toshkent viloyatining yetakchi metallurgiya korxonalari negizida zamonaviy ob’yektlar — loyihaviy quvvati yiliga 60 million tonna bo‘lgan mis boyitish fabrikasi va quvvati 1 million tonnagacha bo‘lgan metall prokati ishlab chiqarish majmuasini barpo etish loyihalari tayyorlanmoqda.
Uchrashuvda ushbu loyihalar doirasidagi amaliy ishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Manba: Daryo.uz
-
-
900