So'rovnoma
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar
CHIRCHIQ SHAHRIGA JAHON BANKI DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 apreldagi 306- son qaroriga asosan Chirchiq shahridagi "Yubileynaya" qozonxonasini Jahon bankidan ajratiladigan 16,2 mln. dollar kredit hisobiga modernizatsiya va rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida 15 oktabr kuni jahon bankining delegatsiya a’zolari Chirchiq shahriga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida 1-kichik nohiyada joylashgan 13 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimining holati bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Tashrif davomida Chirchiq shahar hokimining investitsiya va tashqi savdo ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B. Turgunboyev bilan 1 bosqichda amalga oshiriladigan ishlar hamda tiklash va qurilishi montaj ishlari bo‘yicha qizg‘in muhokama olib borildi. Muhokama natijasiga ko‘ra aholiga qulaylik yaratish va shahar issiqlik manbai samaradorligini oshirish maqsadida ish rejasini belgilab olishga muvafaq bo‘ldilar.
Manba: Toshkent viloyati hokimligi
-
-
850