So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalar, tadbirlar, seminar treninglar

"YUSHEN PLASTIK" o‘zbek-xitoy korxonasi bosh direktori Chjifu Van bugun Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov huzurida

21.09.2019
Piskent tumanida faoliyat boshlayotgan "YUSHEN PLASTIK" o‘zbek-xitoy korxonasi bosh direktori Chjifu Van bugun Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov huzurida bo‘ldi.
Tuman rahbari va xitoylik tadbirkor uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, joriy yilning 15 oktabrida Xitoyda o‘tkaziladigan Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etib, yirik investorlarni hududga jalb etish masalalarini muhokama etdilar.
Shuningdek, tadbirkor Piskent tumani markazida qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uylarni barpo etishda 3D formatdagi innovatsion loyihalashtirish texnologiyalaridan foydalanish taklifini kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida:
"YUSHEN PLASTIC" MChJ plastik mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona bo‘lib, 950 ming AQSh dollari hisobiga faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 30 ish o‘rni yaratish salohiyatiga ega.



Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 899