So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalar, tadbirlar, seminar treninglar

Toshkent davlat agrar universiteti va Turkiyaning Karabuk universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

22.10.2019
Toshkent davlat agrar universiteti va Turkiyaning Karabuk universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Toshkent davlat agrar universiteti halqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori A.Abduvasikov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Respublikasining Karabuk universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Karabuk universiteti rektori Rafiq Po‘lat bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Karabuk universitetining O‘rmonchilik fakulteti o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyati bilan tanishishdi. Jarayonda mazkur fakultet jamoasi bilan kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik masalalari yuzasidan kelishib olindi.
Joriy tashrif davomida universitetning O‘rmonchilik va Turizm fakultetlari amaliyot bazalari bilan o‘zaro tajriba ham almashildi.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 926