So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalar, tadbirlar, seminar treninglar

Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov eksprtchi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov eksprtchi tadbirkorlar bilan uchrashdi
14.01.2020
Tuman hokimining Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamoliddin Rahmonov, tumanda faoliyat olib borayotgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Nasiba Gavhar" va zamonaviy gidroponika usulida issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi "Agro logistik sentral Aziya" xususiy korxonalari rahbarlari tuman hokimi bilan yakunlangan yil sarhisobi, erishilgan natijalar, kelgusi yil rejalari to‘g‘risida suhbatlashdilar.
El farovonligi, yurt taraqqiyotida tadbirkorlikning o‘rni beqiyos. Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, ichki bozorni sifatli buyumlar bilan ta’minlash, nafaqat import o‘rnini bosuvchi, balki eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar tayyorlash mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi asosiy omillardan.
Tuman rahbari bilan uchrashuvda tadbirkorlar eksport hajmini oshirish, yetkazib berish turlarini ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish chora-tadbirlari haqida so‘zladilar.
Nodir Mirahmedovning so‘zlariga ko‘ra, "Nasiba Gavhar" korxonasi tomonidan 417 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksportga yo‘naltirilgan. 2020 yilda ham bundanda yaxshi natijaga erishish, eksport geografiyasini kengaytirish maqsad qilingan.Uchrashuv yakunida tuman hokimi Shuhrat Axmedov hokimlik tomonidan eksport qiluvchi korxonalar faoliyati uchun qonun doirasida shart-sharoit yaratish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.


Manba: Piskent tuman hokimligi Axborot xizmati

  • 967