So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar

Ohangaronda yangi korxona ishga tushadi

Ohangaronda yangi korxona ishga tushadi
01.08.2019
Ohangaron shahri sanoat hududida "Run tong metall industrial" MChJ XK faoliyat boshlashi kutilmoqda. "Jiangsu Huai Ye technology Development Co.Ltd" (Xitoy) tomonidan 2019 yil sentabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxona energiyatejamkor texnologiyalar asosida yiliga 180 ming tonna armatura ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.Ayni damda korxonada qurilish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Loyiha ishga tushirilishi natijasida Ohangaron shahri aholisi uchun 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Hozirgi kunda korxona tomonidan 38 mln. dollarga yaqin xorijiy investitsiya o‘zlashtirilmoqda.


Manba: Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati

  • 929