So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalar, tadbirlar, seminar treninglar

Koreyaning "Hyundai DIA Hausys Co., Ltd." va "Segi Century Co., Ltd." kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatildi.

05.10.2018
2018 yil 1 oktabrda "Angren" EIZ hududida zamonaviy korxonalarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun "Hyundai DIA Hausys Co., Ltd." va "Segi Century Co., Ltd." kompaniyalari bilan sanoat korxonalari uchun zamonaviy, yong‘inga chidamli izolyatsiyalash materiallari, chillers, konditsionerlar va quritgichlarni ishlab chiqarish yuzasidan Angren EIZ muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv yakunida "Angren" erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi va "Hyundai DIA Hausys Co., Ltd." va "Segi Century Co., Ltd" kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlari imzolandi.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi ichki bozorda import o‘rnini bosadigan, zamonaviy va energiyani tejaydigan qurilish materiallari, shuningdek, sanoat sovutkich uskunalari uchun yangi turlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Manba: "Angren" EIZ

  • 1139