So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalar, tadbirlar, seminar treninglar

Birinchi bosqichda 14,5 million dollar

26.11.2019
Ohangaron tumani hokimi Abduvohid Turdiboyev investitsion loyihalarni o‘rganish jarayonida tumanimizda amalga oshirilayotgan “Sardorkom” MChJ meva-sabzavot klasteri va «Tct cluster milk and meat» MChJ chorvachilik kompleksi hamkori bo‘lgan Murtaza Rahmatov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv ma’naviyat ulashuvidan boshlandi. Tuman hokimi investorga “Iqtisodiyot universiteti olimlari” kitobini, investor esa tuman hokimiga o‘zi hammuallifligida yozilgan “Iste’dodli insonlar mamlakatning bebaho boyligidir” nomli kitobini sovg‘a qildi.
O‘zaro tanishuvdan so‘ng, mavzu asosiy masalasiga ko‘chdi. Investor so‘nggi vaqtda O‘zbekistonda amalga oshirayotgan investitson loyihalari xususida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, u Quyichirchiq tumaniga umumiy qiymati 42 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kelgan, Buxoro viloyatida keyingi yilda 1000 gektar hududda bog‘ tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda investor 14 ming ishchiga rahbarlik qilmoqda, ish xakining o‘zi 50 mlrd. so‘mni tashkil qiladi. 2 yil ichida ishchilar soni 17 mingga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, suhbat jarayonida Murtaza Rahmatov yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj mavjudligini ham ta’kidlab o‘tdi.
Hozirda tumanimiz hududidan investorga chorvachilik va bog‘dorchilik uchun yer maydonlari ajratilgan va u ayni paytda turkiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlamoqda. Loyiha doirasida chorva kompleksi barpo etilib, go‘shtni qayta ishlash orqali halol kolbasa, sosiska, tushyonka va boshqa mahsulotlar hamda yem ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur ishlarning birinchi bosqichida investor tomonidan 14,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ kiritiladi.



Manba: Toshkent viloyati hokimligi

  • 941