So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalar, tadbirlar, seminar treninglar

“Angren” EIZ hududida “UNG Econn” MChJ QK tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

03.09.2018
2018 yil 31 avgust kuni “Angren” YeIZning “Angren” blokida Angren hokimining birinchi o‘rinbosari, Koreya tomonidan direktor janob Park Bum hamda “Angren” YeIZ Direksiyasi boshchiligida suyultirilgan gaz uchun kompozit ballonlarni ishlab chiqarish bo‘yicha “UNG Econn” MChJ QK korxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kompaniyaning investorlari - umumiy qiymati 5,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan “Hyundai International Co., Ltd.” hamda “O‘zbekneftegaz” kompaniyalaridir. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 100,0 ming dona kompozit ballonni tashkil etadi. Natijada korxona Angren aholisining 40 dan ortiq ishchilarini ish bilan ta’minlaydi.

Manba: "Angren" EIZ

  • 1166