So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari

Shahar hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi

1. Shahar hokimligi devonxonasi fuqarolarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Bekobod shahar hokimining qarori bilan tasdiqlangan “Bekobod shahar hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshiriladi.

2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas’uliyat shahar hokimi, o‘rinbosarlari, devonxona bo‘lim zimmasiga yuklanadi.

3. Shahar hokimligida fuqarolar shahar hokimi, hokim o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish shahar hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e’tiboriga yetkaziladi.

4. Shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.

5. Har bir fuqaroning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi devonxona bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik devonxonasi tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6. Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas’uliyat shahar hokimligi devonxona bo‘limi zimmasiga yuklatiladi.

7. Devonxona bo‘lim mudiri shahar hokimligiga kelgan jismoniy va yuridik shaxs murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab shahar hokimi topshirig‘i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan shahar hokimi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. Shahar hokimi tomonidan murojaatni o‘rganish bo‘yicha berilgan topshiriq shahar hokimligi devonxona bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi.

Shahar hokimi o‘rinbosarlari yoki hokimlik devonxonaning bo‘linmalari rahbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham shahar hokimligi devonxona bo‘limi tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun shahar hokimi yoki ushbu murojaat ko‘rib chiqish uchun yuborilgan hokim o‘rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

8. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi (qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddat ichida ma’lum qilinadi. Ariza va shikoyatlar shahar hokimligiga kelib tushgan kunidan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.

Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati shahar hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.

Bekobod shahar hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha o‘sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko‘rib chiqilishi natijalari to‘g‘risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

9. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek, imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

Fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish shahar hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.

Murojaat uchun devonxona bo‘limi telefon raqami: 0 370 214-02-25


  • 1172