So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
E'lonlar

Toshkent viloyatida navbatdagi hokim o‘rinbosari lavozimlariga tanlovlar e’lon qilindi

29.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali viloyat hokimligi bilan hamkorlikda

Bekobod tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Yangiyo‘l shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlariga malakali va eng munosib nomzodlar bilan to‘ldirish maqsadida, ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi!

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (http://vacancy.argos.uz) sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, Toshkent viloyati Bekobod tumani hamda Yangiyo‘l shahar hokimliklarida mavjud bo‘sh lavozimlardan birini tanlab so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

ESLATIB O‘TAMIZ

Arizalarni qabul qilish, nomzodlar tomonidan saytdagi elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlarni topshirish bo‘yicha qo‘llanma ilova qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati
2020 -yilning 29 -sentyabr kunidan 13 -oktabr kuniga qadar davom etadi

Murojaat uchun tel.:
(70) 762-58-18, (70) 762-58-70

Расмий канал: @argos_uz

http://Vacancy.argos.uz: @vacancy_argos

  • 383