So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
O'zbekiston Respublikasi

Diqqatga sazovor joylari

DIQQATGA SAZOVOR JOYLAR

 

O'zbekiston – O'rta Osiyodagi taniqli me'moriy yodgorlikning xazinasi hisoblanadi. Shu o'lkaning jo'shqin tarixiga qaramasdan ajoyib boyligini saqlab qolgan hamda asrlar O'z “dasxatlarini” qoldirgan shaharlar O'zbekistonning barcha hududlaridan joy olgan.

 

TOSНKENT

 

Toshkent – Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri – O'zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi ma'lumotlar eramizdan avvalgi 2 asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi; Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; Fors shohi Shopur 1 eramizdan avvalgi 262 yildagi «Zoroastr Ka'basi» qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan. Choch oltin eksporti, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va aslzot otlarni boshqa shahar va mamlakatlarga olib o'tishdagi yo'lning chorrahasida joylashgan. «Tosh shahar» ma'nosini anglatuvchi bugungi Toshkent  zamonaviy respublikaning poytaxti, o'tmish ma'lumotlarini saqlovchi, O'zbekiston tarixi haqida ko'p ma'lumotlarni xotirlovchi, 2 milliondan ortiq aholisi bo'lgan bu shahar Markaziy Osiyoning eng katta industrial markazlaridan biridir.

Toshkentning tarixiy va arxitektura yodgorliklari:
Ko'kaldosh madrasasi(14asr)
Kaffol-Shoshi maqbarasi(15asr)
Hazrati Imom arxitektura ansambli(16asr)
Abul qosim madrasasi(19asr)
Barakxon madrasasi(16asr)
Juma masjidi (19asr)
Amir Temur muzeyi – zamonaviy arxitektura durdonasi
Amir Temur maydoni
Mustaqillik maydoni
Xalqlar Do'stligi maydoni
Jasorat monumenti
Hasti Imom maydoni
Tilla Shayx masjidi
Hadra maydoni
So'fi Ota maqbarasi

SAMARQAND

 

Samarqand tarixi taxminan 2750 yilni tashkil etadi va Temuriylar sulolasi boshqaruvi davriga tegishli arxitektura yodgorliklari qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Grettsiya va Rimdagi arxitektura durdonalari singari katta ahamiyatga egadir.

Samarqandning tarixiy va arxitektura yodgorliklari:

• Qadimgi Afrosiyob manzilgohlari(e.a.8asr)

• Ulug'bek observatoriyasi(1428-1429)

• Shohi Zinda arxitektura ansambli

• Hazrat Xizr masjidi(19asr o'rtalari)

• Bibixonim masjidi(1399-1404)

• Ulug'bek madrasasi(1417-1420)

• Sherdor madrasasi(1619-1635/36)

• Tilla qori madrasasi(1647-1659/6

• Chorsu bozori(18asr oxiri)

• Ruxobod maqbarasi(1380yillar)

• Oq saroy maqbarasi(1470)

• Go'ri Amir(1404)

• Namozgoh masjidi(17asrlar)

• Ishrat Xona maqbarasi(1464)

• Xoja Ahror ansambli(15-20asrlar)

• Cho'pon Ota maqbarasi(1430-1440)

• Xoja Abdu Dorin qabristoni(15-19asrlar)

• Imom al-Buxoriy majmuasi



BUXORO

 

Buxoro qadimgi hind tilida «ibodat» ma'nosini anglatib, qachonlardir Buyuk Ipak yo'lida yirik tijorat markazi bo'lgan. Buxoro  o'rta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o'zida saqlagan «muzey shahardir». Bundan 2300 yil avval qurilgan Poi Kalon, Qo'sh Madrasa, Ismoil Somoniy maqbarasi, minorai Kalon kabi ansambllar bugungi kungada ham barchaning diqqatini tortayapti. Narshahiy, Rudakiy va Daqiqiy singari mashhur shoirlar, olim Ibn Sino va boshqalar Buxoroning taraqqiy etishida muhim rol o'ynagan.

Buxoroning tarixiy va arxitektura yodgorliklari:

• Ark(11-20asrlar)

• Bola Hovuz(18asr.boshlari-20asr)

• Somoniy maqbarasi(9-10asrlar)

• Chashmai Ayub qabristoni(1380 yoki 1384/85)

• Abdullaxon madrasasi(1596/98)

• Modarixon madrasasi(1556/57)

• Baland masjidi(16asr boshlari)

• Gaukushon ansambli(Masjid,Minora,Madrasa),(16asr)

• Zayniddin Xoja xonaqohi(1555)

• Poi Kalon ansambli(12-14asr)

• Labi Hovuz ansambli(16-17asr)

• Ko'kaldosh madrasasi(1568/69)

• Nodir Devonbegi xonaqohi(1620)

• Ulug'bek madrasasi(1417)

• Abdulazizxon madrasasi(1652)

• Bola Hovuz masjidi(1712)

• Sayfiddin Boxarziy maqbarasi(13asrning ikkinchi yarmi-14asr)

• Buyonqulixon maqbarasi(14asrning ikkinchi yarmi,15yoki16asr)

• Namozgoh masjidi(12-16asrlar)

• Fayzabod xonaqohi(1598/99)

• Chor Minor madrasasi(1807)

• Sitorai Mohi Xossa Buxoro Amiri saroyi(19asr oxiri 20 asr boshlari)

• Chor Bakr – shayx Jubayra sulolasi dafn etilgan joy(1560/63)


XIVA

 

Xiva – shaharning qadimgi qismidagi juda ko'p arxitektura yodgorliklariga boy bo'lgan Ichan-qal'a sharqning ekzotik shahar timsolini o'zida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.

Xivaning tarixiy va arxitektura yodgorliklari:

• Ichan-qal'a: Masjid va Saidboy madrasasi(18asr oxiri- 19asr boshlari)

• Polvon Darvoza darvozasi atroflari

• Allaqulixon madrasasi(1834/35)

• Qutlug' Murod Inoq madrasasi(1804/12)

• Tim va Allaqulixon Karvon saroyi(19asr)

• Abdullaxon madrasasi(1865)

• Anushxon masjidi va saroyi(1657)

• Tosh Hovli(Allaqulixon saroyi)(1830/36)

• Oq masjid(1832/42)

• Juma masjid minorasi(1788/89)

• Said Alovuddin maqbarasi(14asr)

• Muhammad Aminxon madrasasi(1851/52)

• Kalta Minor minorasi(1855)

• Ko'hna Ark(1868/88)

• To'ra Murodtur minorasi(1888)

• Muhammad Aminxon madrasasi(1871)

• Sherg'ozixon madrasasi(1718/20)

• Bog'landi masjidi(19asr)

• Arabxona madrasasi(1838)

Shuningdek, O'zbekistonning bir qator boshqa shaharlarida ko'pgina tarixiy yodgorliklar va me'morchilikning diqqatga sozovor joylari mavjud.

 



  • 2151